27 okt 07:41
Yangiliklar

A Seriya. Turning markaziy o'yinida 6 ta gol kiritildi, Zlatandan dubl
Rimning "Roma" klubi Milanda mehmon bo'ldi. Uchrashuv kurashlarga boy ruhda o'tdi va muxlislar 6 ta golga guvoh bo'lishdi. O'yin davomida "Milan" 3 bor hisobda oldinga o'tib oldi, "bo'rilar" esa har gal muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Ibragimovichning dubli va Aleksis Salemakersning goliga mehmonlar safida Jeko, Veretu va Kumbula bir martadan javob qaytarishdi.
Darvoqe, uchrashuvda dubl muallifiga aylangan Zlatan A Seriya to'purarlari jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi. SHveciyalik hujumchi 3 o'yinda 6 ta golga mualliflik qilgan.
Milan – Roma 3:3 (1:1)
00.45, «Juzeppe Meacca (San-Siro)» stadioni
Gollar: 1:0 – 2 Ibragimovich, 1:1 – 14 Jeko, 2:1 – 47 Salemakers, 2:2 – 71, penalti Veretu, 3:2 – 79, penalti Ibragimovich, 3:3 – 84 Kumbula.
Milan – Teterushanu, Romanoli, Kalabriya, Ker, Teo, CHalxanoglu, Salemakers (Krunich, 72), Bennaser, Kessie, Ibragimovich, Rafael Leau (Kastilexo, 72).
Roma – Mirante, Spinaccola, Rojer, Manchini, Karsdorp (Bruno Peres, 66), Mxitaryan, Pellegrini (Kristante, 76), Pedro, Veretu (Vilyar, 86), Kumbula, Jeko.
Ogohlantirishlar: Rafael Leau (70), Ibragimovich (75), Pedro (77), Kristante (81), Teo (82).
Fikrlar