05 mar 18:40
Yangiliklar
Boshqalar
Abdul-Jabbor sovrinlarini sotib yubordi
Afsonaviy basketbolchi Karim Abdul-Jabbor o'zining sovrinlar kollekciyasini 3 million dollarga pulladi.
Kim oshdi savdosiga basketbolchining jami 234ta turli darajadagi sovrinlari qo'yilgandi. Sotuvdan tushgan pul 3 million dollarni tashkil etdi. Eng qimmat lot to'rtta chempionlik kubogi bo'ldi.
ESPN telekanali bergan xabarga ko'ra, Abdul-Jabbor aukciondan tushgan barcha pullarni xayriya ishlariga sarflaydi. Qimmatbaho sovrinlar orasida basketbolchining xayrlashuv uchrashuvida o'ynalgan to'p ham bor edi. Karim bir necha yildan beri bolalarning ilm olishiga yordam berib kelmoqda.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar