31 avg 12:44
Yangiliklar
Fabricio Romano Karim Benzemaning kelajagi haqida insayd elon qildi
Endi franciyalik futbolchi keyingi rejalarini belgilab olishi kerak. Ko'rib chiqilayotgan variantlar orasida professional faoliyatini yakunlash yoki Saudiya Arabistonining boshqa klubiga o'tish bor. Romanoning malumotiga ko'ra, Evropa futboliga qaytish varianti ko'rib chiqilmayapti.
Benzema 2026 yilning fevral oyida "Al-Ittihod"dan ketganidan so'ng "Al-Hilol"ga kelib qo'shilgan edi. Yangi klubi safida hujumchi 16 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishdan oldin Benzema 14 yil davomida Madridning "Real" klubida o'ynagan, professional faoliyatini esa "Lion"da boshlagan. Faoliyati davomida franciyalik futbolchi 34 ta jamoaviy sovrinni, jumladan, beshta CHempionlar Ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatini qo'lga kiritgan.

Fikrlar