So’nggi yangiliklar

19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0

07 sen 07:53
Yangiliklar

Dzyudo

Abdulla Tangriev pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori bo'ldi

Teglar :  Abdulla Tangriev
Dzyudo bo'yicha 2008 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi Abdulla Tangrievda yangilik.

U pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertaciya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tangriev bugungi kunda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy toifali trener-o'qituvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Malumot o'rnida: Tangriev Abdulla Tovoshevich 1981 yil 28 mart kuni Surxandaryo viloyatida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Surxondaryo viloyati Boysun tumani 38-sonli o'rta talim maktabiga qabul qilinib, hozirgi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazini tugatgan. Hozirgi kunda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida o'z ish faoliyatini olib bormoqda.

2021 yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)” magistratura mutaxassisligini tamomlagan. Tangriev - 1996-2019-yillarda dzyudo sport turi bo'yicha milliy terma jamoa azosi bo'lgan. O'z sport amaliyot davomida 12 karra O'zbekiston chempioni hisoblanadi.

2000 yilda Gongkongda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi, 8 marta Osiyo chempionati ishtrokchisi sifatida 1 martta kumush medal, 1 marta bronza hamda 2003-2005-2007-2008-2011-2015- yillarda kattalar o'rtasida Osiyo chempioni. 5 martta Osiyo o'yinlari sovrindori, 4 marta Jahon chempionati sovrindori hamda chempioni hisoblanadi.

To'qqiz marta IJF Grand Slam va Grand-Prix musobaqalari chempioni hamda sovrindori. 5 marta Yozgi universiada o'yinlari chempioni hamda sovrindori. 4 karra Olimpiya o'yinlari ishtrokchisi, 2008 yil Pekin Olimpiadasi kumush medali sohibi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2003 yil “SHuhrat" medali, 2007 yil “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi”, 2008 yil “O'zbekiston Iftixori” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.

Hozirgi kunda Abdulla Tangriev dzyudo sport turi bo'yicha oliy toifali trener-o'qituvchi sifatida O'zbekiston, Osiyo hamda Jahon chempionlari va sovrindorlarini tayyorlashda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Oilali, to'rt nafar farzandning otasi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing