09 iyu 13:00
Yangiliklar
Futbol
Abdumavlonov va CHoriev “Olmaliq” safiga o'tdi
Futzal bo'yicha O'zbekistonning amaldagi chempioni hisoblangan “Olmaliq” jamoasi 15-23 iyul kunlari bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz nomidan ishtirok etadi.
Tailand poytaxti Bangkokda o'tkaziladigan musobaqada munosib ishtirok etishni ko'zlagan “Olmaliq” o'z safiga “Ardus” azolari Farhod Abdumavlonov hamda Davron CHorievlarni qo'shib oldi. Har ikki futzalchi ham Aleksandr Petrov jamoasiga ijara asosida kelib qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, “Olmaliq” Eronning “Tasisat Daryoi” hamda Livan chempioni “Al Mayadin” klublari bilan birga “B” guruhidan joy olgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar