07 apr 16:20
Yangiliklar
Xose Mariya Mendes boshqaruvidagi O'zbekiston futzal MTJ ilk yig'inini boshladi
Mashg'ulotlar O'zbekiston futbol associaciyasi Terma jamoalar markazi sport zalida olib boriladi.
Murabbiylar shtabi mazkur yig'inga 19 nafar futzalchini jalb etgan. Yig'in davomida ispaniyalik mutaxassis terma jamoaga chaqirilgan yigitlar bilan yaqindan tanishish, ularning jismoniy va ruhiy holatini o'rganish, shuning barobarida nomzodlarning imkoniyat va salohiyati borasida dastlabki xulosalarga ega bo'lishni rejalashtirgan.

Quyida O'zbekiston milliy terma jamoasining yig'iniga jalb etilgan futzalchilari ro'yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar: Jasurbek Rizbonov (“Nasaf”), Abbos Elmurodov (BMB), Abbos O'lmasbekov (BMB).
Himoyachilar: Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”), Mashrab Odilov (BMB), Sunnatilla Jo'raev (“Nasaf”), Xayrulla Solixov (OKMK).
Qanot o'yinchilari: Muhammadali Husanboev (BMB), SHahram Faxriddinov (OKMK), Muzaffar Abdukarimov (OKMK), SHohjahon SHonazarov (“Oil Star”), Abror Ahmedzyanov (SQB), Daler Eshonqulov (“Dinamo”), Burhoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”).
Hujumchilar: Muzaffar Ahadjonov (BMB), Behruz Samiev (“Oil Star”), Husniddin Nishonov (BMB), Asilbek Vafoev (“Nasaf”).
Fikrlar