19 iyu 11:45
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/16038_220.jpg)
Abduraimov jahon termasida Mendeta va Krespo bilan birga o'ynaydi
Azamat Abduraimov jahon termasida Mendeta va Krespo bilan birga o'ynaydi 5-6 avgust kunlari Qozog'istonning Astana shahrida EKSPO-2017 faxriylar turniri bo'lib o'tadi.
Bu turnirda oltita jamoa ishtirok etadi. Bular - Rossiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Qozog'iston va jahon futboli yulduzlar termasi. Hamyurtimiz Azamat Abduraimov ham turnirda ishtirok etish bo'yicha taklif olgan va u jahon termasi safida maydonga tushadi.
Abduraimov jahon termasida Gaiska Mendeta, Ernan Krespo kabi sobiq yulduzlar bilan birga o'ynaydi. Bundan tashqari, Muhsin Muhammadiev, Aleksandr SHovkovskiy, Jan-Per Papen, Yari Litmanen, Vinsen Kandela va boshqa sobiq futbolchilar ham musobaqaga taklif etilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar