So’nggi yangiliklar

15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0

26 sen 11:55
Yangiliklar

Futbol

O'zbekistonda qator professional futbol klublari ishonchli boshqaruvga beriladi

Teglar :  Futbol
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi bir qator professional futbol klublarini ishonchli boshqaruvga berish bo'yicha ochiq tanlov elon qilindi.

Mazkur jarayon sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda tarmoqqa tadbirkorlik subektlarini kengroq jalb qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Belgilangan talablarga ko'ra, professional futbol klublari faoliyati bilan bog'liq yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag'larini kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhi ushbu jamoalarni boshqaruvga olishi mumkin. Tanlovga qo'yilgan jamoalar qatoridan "Bunyodkor", "Buxoro", "Dinamo", "Qizilqum", "Navbahor", "Nasaf", "Neftchi", "Lokomotiv", "Mashal", OKMK va "Paxtakor" klublari joy olgan.

Futbol klublarini ishonchli boshqaruvga olgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida tizimli imtiyozlar taqdim etiladi. Xususan, yuridik shaxslarning foyda solig'ini hisoblashda sof foyda klublarni moliyalashtirishga yo'naltirilgan homiylik mablag'lari summasiga, biroq soliqqa tortiladigan foydaning 10 foizidan oshmagan miqdorda kamaytiriladi. SHuningdek, mazkur klublar futbolchilari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'lashdan ozod etiladi – ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qatiy belgilanadi.

Bundan tashqari, tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan klublarni sotib olish yoki sport obektlarini qurish va kapital tamirlash ishlari uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Buning uchun sarmoyador tomonidan istiqbolli biznes-reja va likvidli garov taminoti taqdim etilishi lozim – bunda klub balansidagi bino, inshoot va er maydonlari garovga olinmaydi. SHu bilan birga, klubni boshqaruvga olgan sarmoyadorlar o'z mahsulot hamda xizmatlarini sport translyaciyalari davomida O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi markaziy va hududiy telekanallarda reklama qilishda 50 foizlik chegirmaga ega bo'lishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing