10 avg 08:05
Yangiliklar
Tennis
Abduraimova AQSHda Papua Yangi Gvineya tennischisiga yutqazdi
AQSHning Landisvill shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada bir yo'la ikki tennischimiz – Sabina SHaripova hamda Nigina Abduraimovaning ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan SHaripova ilk davrada belaruslik Vera Lapkoga 2:6, 4:6 hisobida yutqazgandi. Sabinadan keyin Nigina ham o'z raketkasini g'ilofiga solishga majbur bo'ldi.
Abduraimova Papua Yangi Gvineya tennischisi Tere-Apisa Abigailga 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Abigail dunyo reytingida 367, Nigina Abduraimova esa 270-o'rinni egalab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar