20 apr 18:37
Yangiliklar
Tennis
Abduraimova final ostonasida uch setlik qiyin uchrashuv o'tkazdi
Franciyaning Kalvi shahrida tennis bo'yicha W50 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 50 000 dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqada Nigina Abduraimova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Hozirgina dunyoning 239-raketkasi bo'lib turgan hamyurtimiz ishtirokidagi 1/2 final uchrashuvi yakuniga etdi.
Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz musobaqaning birinchi raketkasi, WTA reytingida 132-pog'onadan joy olgan ukrainalik Darya Singurga qarshi kortga chiqadi. Ikki daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Abduraimova 6/1, 6/7(4), 4/6 hisobidagi alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar