11 jan 08:21
Yangiliklar
Abduraimova Florida turniri ilk davrasida kortga chiqdi
Hamyurtimiz AQSHning Florida shtati Daytona Bich shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning ham yakkalik, ham juftlik bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Abduraimova yakkalikning ilk davrasida musobaqaning ikkinchi raketkasi norvegiyalik Ulrikke Elkeriga qarshi kortga chiqdi. 25 yoshli Elkeri dunyo reytingida 218, 23 yoshli Abduraimova esa 320-o'rinni egallab turibdi.
Bir soatu 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nigina raqibasiga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Abduraimova juftlik musobaqasida kortga chiqadi. Hamyurtimiz Xitoy Taypeyi vakilasi CHin-Ven Xsu bilan tandem hosil qilgan.
Fikrlar