06 may 10:58
Yangiliklar
Tennis
Abduraimova kelayotgan hafta Yaponiyadagi turnirda
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Nigina Abduraimova kelayotgan hafta Yaponiyaning Fukuoka shahri mezbonlik qiladigan turnirda ishtirok etadi.
Fukuoka International turnirining mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbu musobaqaning uchinchi raqamli tennischisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan.

Bugun Fukuoka turnirining yakkaligida saralash bahslari boshlanadi. Nigina Abduraimova WTA reytingida 170-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar