19 sen 08:20
Yangiliklar
Tennis

Abduraimova Piter turniri juftligida chorak finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Neva Cup 2017 turnirida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Hamyurtimiz juftliklar musobaqasida chorak finalga chiqdi.
Rossiyalik Anastasiya Frolova bilan juftlik hosil qilgan Nigina birinchi davrada germaniyalik Viviyan Xeysen va ukrainalik Valeriya Straxova hamkorligini 6:2, 3:6, tay-brekda 10:6 hisobida taslim etdi.
Malumot uchun, Abduraimova yakkalik bahslarining ilk bosqichida rossiyalik Polina Leykinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar