21 sen 07:15
Yangiliklar

Abduraimova Piter turniri juftligida yarim finalga chiqdi
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Neva Cup 2017 turnirida mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Yakkalik bahslarini tark etgan hamyurtimiz juftlikda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Rossiyalik Anastasiya Frolova bilan juftlik hosil qilgan Nigina chorak final uchrashuvida rossiyalik Kseniya Likina hamda britaniyalik Emili Uebli-Smit hamkorligini 6:0, 6:4 hisobida taslim etdi.
Ularning final ostonasidagi raqibalari tunirning ikkinchi raqamli juftligi, rossiyalik tennischilar - Anna Blinkova va Veronika Kudermetova bo'ladi. Nigina kecha yakkalik bahslarida turnirning birinchi, dunyoning 46-raketkasi xorvatiyalik Donna Vekichga 6:3, 6:7(2), 1:6 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Fikrlar