09 may 08:40
Yangiliklar
Tennis

Abduraimovaning Yaponiyadagi ilk raqibasi malum
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Fukuoka shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etadi.
Fukuoka International turnirining mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbu musobaqaning uchinchi raqamli tennischisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan.
Qura natijasiga ko'ra tennischimiz birinchi davrada avstraliyalik Monika Adamchakka qarshi kortga chiqadi. Abduraimova WTA reytingida 166, Adamchak esa 834-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar