15 jan 11:41
Yangiliklar
Abdusattorov Freestyle Jahon chempionati saralash final raundiga 1-o'rin bilan yo'l oldi
Jahon chempionatining olti nafar ishtirokchisi - Magnus Karlsen, Levon Aronyan, Fabiano Karuana, Vinsent Keymer, Arjun Ergaisi va hamyurtimiz o'tgan yilgi jahon Kubogi sohibi Javohir Sindarov 2025 yilgi Freestyle Chess Grand Slam Tour musobaqasi natijalari asnosida aniq bo'lib ulgurgan.
Kecha va bugun jahon chempionatiga so'nggi yo'llanma o'ynalyapti. Kecha birinchi kungi birinchi saralash bosqichida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rin bilan saralashning final raundiga yo'l oldi. Nodirbek 6 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat qayd etdi.

Etiborlisi, Abdusattorov so'nggi tur oldidan peshqadam bo'lib turgan amerikalik Grigoriy Oparinni mag'lub etish orqali saralashning finaliga yo'l oldi. Oparin yagona mag'lubiyatiga qaramay, 7 ochko bilan 3-o'rin egasi sifatida final bosqichiga chiqdi. Ettidan ochko jamg'argan hindistonlik Pranav va eronlik Amin Tabatabayi ham saralashning final raundiga chiqdi. Bugun ular o'zaro nokaut tizimida yagona yo'llanma uchun bahs olib borishadi.

Fikrlar