So’nggi yangiliklar

18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0 14:27“Eindhoven Cup”. Бугун боксчиларимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилишади 0 13:57Tashkent W15 турнирида финалчилар аниқланди 0 13:29UFC 316 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 13:04Неймар коронавирус юқтириб олди 0 12:36Икки Олимпиада чемпионимиз "Эйндховен кубоги"да иккинчи жангларини ўтказишди 0 12:11Дзюдо бўйича ўсмирлар терма жамоамиз Сочи ва Горига жўнаб кетди 0 11:39"Ролан Гаррос". Аёллар ўртасидаги бош соврин ҳамда €2,550,000 кимга насиб этди? 0 11:14Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади 0

31 okt 07:40
Yangiliklar

SHaxmat

Abdusattorov kuchli to'rtlikdan joy olgan jahon chempionatida kim g'olib bo'ldi?

Islandiyaning Reykyavik shahrida o'tkazilgan Fisher shaxmati bo'yicha jahon chempionati yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 400 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi "World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasida yosh grossmeysterimiz, tezkor shaxmat bo'yicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi g'olibi Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli dona surdi. 

Guruhda eng ko'p ochko bilan 1/2 finalga yo'l olgan Nodirbek V kvartetida ikkinchi o'rinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamuraga yutqazib qo'ygandi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Nodirbek jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsenga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi partiyada Abdusattorov nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Hal qiluvchi final uchrashuvida FIDE bayrog'i ostida o'ynagan rossiyalik Yan Nepomnyashiy hamda amerikalik Xikaru Nakamura o'zaro to'qnash kelishdi. Asosiy partiyalarda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. CHempion nomini aniqlab bergan qo'shimcha armageddon partiyasida oq donalar o'ynagan Nakamura g'alaba qozonib, Fischer Random yo'nalishi bo'yicha jahon chempionligini qo'lga kiritdi. 

Nakamura musobaqa g'olibi sifatida 150 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ldi. Ikkinchi o'rin egasi Yan Nepomnyashiy 85 000, 3-o'rin sohibi Magnus Karlsen 55 000, 4-o'rinni band etgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 40 000 AQSH dollari bilan taqdirlandi.


5-6 o'rin uchun bahs: Uesli So – Vladimir Fedoseev 1-3

7-8 o'rin uchun bahs: Mattias Blubaum – Xyoorvar Gretarsson 3-1


Mukofot pullari taqsimoti:

1. 150,000 2. 85,000 3. 55,000 4. 40,000 5. 25,000 6. 20,000 7. 15,000 8. 10,000

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing