14 mar 09:31
Yangiliklar

Abdusattorov va Sindarov “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turniri saralashida o'ynadi
Ushbu musobaqada dunyoning 12 nafar kuchli shaxmatchisi ishtirok etadi. Hozirgacha 11 shaxmatchi malum bo'lib ulgurgan. So'nggi ishtirokchi bugun nokaut tizimidagi musobaqada aniqlanadi. Kecha 16 xalqaro grossmeyster yagona yo'llanma uchun bahslarga kirishdi.
Afsuski, saralashning birinchi bosqichidayoq ikki yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov raqiblariga imkoniyatni boy berib, mukofot jamg'armasi 660 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turniri finaliga yo'l ola bilishmadi.
Nodirbek Abdusattorov 1/8 finalda birinchi saralash bosqichi g'olibi hindistonlik Pranesh Muniretinamga, Javohir Sindarov esa amerikalik Lener Domingesga yutqazib qo'ydi. Pranesh 1/4 finalda hamyurti Vidit Gujratiga, Dominges esa eronlik Amin Tabatabayiga yutqazib, saralash bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Fikrlar