29 dek 12:29
Yangiliklar
Abdusattorovdan tashqari Karlsenni yana bir yosh shaxmatchimiz taslim etgan
Abdusattorov 10-partiyada amaldagi jahon toji egasi Magnus Karlsenga qarshi oq donalarda harakat qilib, raqibini mag'lub etdi va yakunda rapid bo'yicha jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Magnus Karlsen chempionatdagi yagona mag'lubiyatini aynan Abdusattorovdan qabul qilib oldi.
Magnus Karlsen ilk bor o'zbekistonlik shaxmatchiga mag'lub bo'layotgani yo'q. U 2018 yil Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan rapid va blic bo'yicha jahon chempionatida ham o'zbekistonlik yosh grossmeysterga yutqazgan edi.
O'shanda rapid bo'yicha jahon chempionatining 2-turida 16 yoshli SHamsiddin Vohidov Magnus Karlsenni shov-shuvli tarzda mag'lub etgan edi. Karlsen ikki yosh shaxmatchimizga ham rapidda mag'lub bo'ldi.
Fikrlar