13 okt 16:28
Yangiliklar
Futbol
Abraxam jarohati sabab "Roma"ning "Yuventus"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam "Yuventus"ga qarshi Italiya chempionati 8-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
24 yoshli angliyalik futbolchi JCH-2022 saralashi doirasidagi "Vengriya (1:1)ga qarshi o'yinda olgan mushak jarohatidan tiklanishga ulgurmaydi.
Abraxam 2021/22 yilgi mavsum "Roma" tarkibida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
"Yuventus" - "Roma" o'yini 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
Havola :
Fikrlar