So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

19 avg 12:34
Yangiliklar

SHaxmat

Abu Dhabi Chess Festival 2024. Nodirbek Yakubboev 3-turdan so'ng yuz foizlik natija bilan peshqadam!

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 63 600 AQSH dollarini tashkil etuvchi Abu Dhabi Chess Festival 2024 turnirining "Masters" guruhida 11 nafar shaxmatchimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.  

Quvonarlisi, ortda qolgan 3-turdan so'ng Nodirbek Yakubboev (2655) yuz foizlik natija bilan musobaqada peshqadamlik qilyapti. Faqat ikki nafar ishtirokchi 3 ta partiyaning barchasida g'alaba qozongan. FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Volodar Murzin ham Nodirbek singari 3 ochkoga ega. U qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bugun 4-turda aynan ikki peshqadam o'zaro dona surishadi. 

Yakubboev 3-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, hindistonlik Harikrishanni mag'lubiyatga uchratdi. Uch imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'argan Javohir Sindarov (2674) oq donalarda italiyalik Alberto Barp (2452)dan ustun keldi. 

Xalqaro masterimiz Bahrom Baxrillaev (2344) qora donalarda harakat qilganiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida borayotgan kolumbiyalik grossmeyster Xose Kardoso (2507)ni taslim etdi. Baxrillaev 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 11-o'rindan joy olgan. Uchinchi pog'onada borayotgan eronlik grossmeyster Amin Tabatayi (2712) hisobida ham 2,5 ochko bor. Jami 36 nafar shaxmatchi 2,5 ochkodan jamg'argan.  

 "Masters" guruhida qatnashayotgan shaxmatchilarimizdan SHamsiddin Vohidov (2643) ham g'alabaga erishdi. Yosh grossmeysterimiz qora donalarda hindistonlik Ajay Santoshni engdi. Bu turda Ortiq Nig'matov, Abdimalik Abdisalimov va Afruza Hamdamova raqiblari bilan durang o'ynayshdi. Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Saidakbar Saydaliev va Humoyun Begmuratov imkoniyatni boy berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing