So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

20 avg 10:56
Yangiliklar

SHaxmat

Abu Dhabi Chess Festival 2024. Nodirbek Yakubboev ishtirokidagi markaziy bahsda durang, Sindarov peshqadamlar safida!

SHu kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 63 600 AQSH dollarini tashkil etuvchi Abu Dhabi Chess Festival 2024 turnirining "Masters" guruhida 11 nafar shaxmatchimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ortda qolgan 4-turda peshqadam Nodirbek Yakubboev (2655) FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Volodar Murzin bilan murosaga keldi. Murzin ham Nodirbek singari 3 ochkoga ega bo'lib turgandi. 

Ikki etakchining ochko yo'qotishidan taqibchilar unumli foydalanib qolishdi. Jumladan, Javohir Sindarov muhim g'alabaga erishib, ochkolarini 3,5 taga etkazdi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'ringa ko'tarilib oldi. Hamyurtimiz oq donalarda harakat qilib, hindistonlik SHrixaridan ustun keldi.     

To'rtinchi turda shaxmatchilarimizdan SHamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Ortiq Nig'matov, Muhammadzohid Suyarov, Saidakbar Sayidaliev va Humoyun Begmuratov g'alabaga erishishdi. Bahrom Baxrillaev, Muhiddin Madaminov va Afruza Hamdamova esa raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. 

Bugun o'tkaziladigan 5-tur oldidan Nodirbek Yakubboev 3,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egallab turibdi. Volodar Murzin 3,5 ochko bilan peshqadamlikni o'z qo'liga oldi. Jami 14 nafar shaxmatchi hisobida 3,5 tadan ochko bor. Abdumalik Abdusalimov, Ortiq Nig'matov va SHamsiddin Vohidov o'z ochkolarini 3 taga etkazib olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing