So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

21 avg 13:02
Yangiliklar

SHaxmat

Abu Dhabi Chess Festival 2024. To'rt nafar shaxmatchimiz etakchilar safida

SHu kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 63 600 AQSH dollarini tashkil etuvchi Abu Dhabi Chess Festival 2024 turnirining "Masters" guruhida 11 nafar shaxmatchimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ortda qolgan 5-turda peshqadamlar safida borayotgan va hali mag'lubiyatga uchramagan Nodirbek Yakubboev (2655) va Javohir Sindarov (2674) o'z raqiblari bilan durang o'ynashdi. 

Har ikki grossmeysterimiz ham bu turda hindistonlik shaxmatchilarga qarsha qora donalarda harakat qilishdi. Sindarov Pranav (2598), Yakubboev esa Subramaniyam Bxarat bilan murosaga kelgan. Yana bir grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2643) qora donalarda filippinlik Daniel Kuizonni mag'lubiyatga uchratdi va ochkolarini 4 taga etkazib oldi.  

Beshinchi turda shaxmatchilarimizdan Abdumalik Abdusalimov va Muhiddin Madaminov ham g'alaba qozonishdi. Ortiq Nig'matov va Bahrom Baxrillaev raqiblariga imkoniyatni boy berishgan bo'lsa, Muhammadzohid Suyarov, Saidakbar Sayidaliev va Afruza Hamdamova durang natija qayd etishdi. 

Bugun o'tkaziladigan 5-tur oldidan Nodirbek Yakubboev, Javohir Sindarov, Abdumalik Abdusalimov va SHamsiddin Vohidov 4 ochkodan jamg'arishgan. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra eng yaxshi natija qayd etib turgan Nodirbek turnir jadvalida 4-o'rindan joy olgan. Sindarov 9, Abdusalimov 14, Vohidov esa 16-pog'onani band etgan. Kuchli uchlikdan joy olgan Volodar Murzin, Devid Paravyan va Luke Mendonka hisobida 4,5 tadan ochko bor.

Etiborga molik jihati shundaki, bugun o'tkaziladigan 6-turda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. To'rttadan ochkoga ega Nodirbek Yakubboev va Abdumalik Abdusalimov o'zaro partiyada munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Javohir Sindarov qora donalarda o'zi singari 4 ochkoga ega singapurlik Tin Jin Gyaoga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing