18 jan 07:56
Yangiliklar
Tennis
Adelaida. Rublev ketma-ket ikkinchi marta finalga yo'lga oldi
Avstraliyaning Adelaida shahrida nufuzli tennis musobaqasi o'z yakuni tomon yaqinlashmoqda.
Kecha musobaqalarning ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Hal qiluvchi bahs uchun rossiyalik Andrey Rublev Kanada vakili Feliks Ojega qarshi kortga chiqdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda Rublev raqibini 7:6, 6:7, 6:4 hisoblarida taslim etishni uddaladi. Uchrashuv 2 soat 59 daqiqa davom etdi.
Endi Rublev ketma-ket ikkinchi sovrinini qo'lga kiritish uchun JAR vakili Lloyd Xarrisga qarshi bahs olib borishi lozim bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar