09 iyu 18:40
Yangiliklar
Futbol

Afg'oniston FF prezidenti bir umrga futboldan chetlatildi
FIFA rahbariyati Afg'oniston futbol federaciyasi prezidenti Karimiddin Karimni futboldan bir umrga chetlatdi.
FIFA tartib-intizom qo'mitasi Karimning mamlakat ayollar terma jamoasi futbolchilariga jinsiy zo'ravonlik qilayotganligini aniqladi.
2013 yildan to 2018 yilga qadar Karimning ustidan 5 nafar ayol futbolchi FIFAga arz qilgan. Undan tashqari, Karim 1 million SHveycariya franki miqdoridagi jarimaga ham tortiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar