20 iyu 07:54
Yangiliklar
Futbol

Afrika Millatlar Kubogi. Igalo to'purar, Bennaser eng yaxshi futbolchi!
Misr mezbonligida o'tgan Afrika Millatlar kubogida nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar aniqlandi.
Jumladan, Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Odion Igalo musobaqaning eng yaxshi to'purariga atalgan “Oltin to'p” sovrinini qo'lga kiritdi. Igalo 7 ta o'yinda 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi va bu bilan chempionat to'purariga aylandi.
Malumot uchun, Xitoyning “SHanxay SHenxua” klubi hujumchisi shu kungacha Nigeriya terma jamoasi tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol kiritgan.
Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi Ismael Bennaser Afrika Millatlar kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Italiyaning “Espoli” klubida to'p tepuvchi 21 yoshli Bennaser 7 ta o'yinda to'liq harakat qildi va uchta golga hammuallif bo'ldi.
Havola :
Fikrlar