So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

23 okt 09:30
Yangiliklar

SHaxmat

Afruzada ketma-ket to'rtinchi g'alaba, aka-uka jahon chempionlarida ham

Teglar :  SHaxmatBatumiAfruza
Gruziyaning Batumi shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

8, 10 hamda 12 yoshli shaxmatchilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 100ga yaqin mamlakatidan istedodli shaxmatchilar ishtirok etyapti.

Ular orasida hamyurtlarimiz – aka-uka jahon chempionlari Islombek va Javohir Sindarov, Osiyo chempioni Humoyun Bekmurodov, qizlardan Maftuna Bobomurodova, Yuliya Xegay va Afruza Hamdamovalar yurtimiz sharafini himoya qilishyapti.


Sakkiz yoshlilar o'rtasidagi musobaqada imkoniyatini sinab ko'rayotgan Humoyun Bekmurodov 4-turda oq donalarda o'ynashiga qaramay, kanadalik Aleksandr CHang bilan durang qayd etdi.


O'n yoshli shaxmatchilar bahsida birinchi raqam ostida tasniflangan Islombek Sindorov oq donalarda harakat qilib, qozog'istonlik Dias Alimbetovni mag'lub etdi.

O'n ikki yoshli shaxmatchilar musobaqasida ikkinchi tartib raqamli ishtirokchi bo'lgan Javohir Sindorov esa 4-turda rossiyalik Vasiliy Vlovichdan ustun keldi.

Qizlarimizdan Afruza Hamdamova barchani hayratlantirishda davom etyapti. Afruza ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U reytingda o'zidan yuqorida turgan mo'g'ulistonlik Davaakxuu Unurzulni mag'lubiyatga uchratdi va peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Yuliya Xegay polshalik Lena Zarebskaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Maftuna Bobomurodova esa qora donalar o'ynashiga qaramay, qirg'izistonlik Arina Asanovadan ustun ekanligini amalda isbotladi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
23 okt 16:39:25
sinchiklab kuzatuvchi
Kichkintoylar xammangni ota-onaleringga raxmat.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing