17 may 18:30
Yangiliklar
Futbol

Afsonaviy Buffon "Yuventus"ni tark etadi
Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon mavsum yakunlanganidan so'ng "Yuventus"ni tark etadi.
Bu haqda 40 yoshli kiper matbuot anjumanida elon qildi. "Alyanc stedium"da Jiji ishtirokida maxsus matbuot anjumani o'tkazildi.
Buffon "Yuventus"ga 2001 yilda kelgan va jamoa bilan 9 bor Skudettoni qo'lga kiritgan (yana ikkita chempionlik esa Kalchopoli ishi sabab olib qo'yilgan). 4 bor Italiya kubogi, 5 bor mamlakat superkubogini qo'lga kiritgan. 3 marta esa ECHL finalida o'ynagan, ammo bosh sovrinni boshi uzra ko'tarish nasib etmagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar