04 may 10:10
Yangiliklar
"Inter" Italiya chempioni! "Sassuolo" "Milan"ni engdi, "Yuventus" esa o'z uyida "Verona"ni yuta olmadi
“Inter” joriy mavsum A Seriya g'olibiga aylandi.
“Sassuolo” o'z uyida “Milan”ni ishonchli hisobda taslim etdi. Gollarga Domeniko Berardi va Armand Lauriente mualliflik qildi. “Milan” safida esa 24-daqiqadayoq Fikayo Tomori ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi.
“Yuventus” o'z uyida “Verona”ni mag'lub eta olmadi. 34-daqiqada Kieron Bove hisobni ochgan bo'lsa, 62-daqiqada Dushan Vlaxovich bunga birgina goli bilan javob qaytardi.
“Inter” “Parma”ga qarshi o'yinda g'alabaga erishdi. Markus Tyuram 45+1 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi, 80-daqiqada Genrix Mxitaryan oradagi farqni oshirdi.
“Inter” A Seriyada 35 o'yindan so'ng 82 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rindagi “Napoli” 70 ochko to'plagan. Undan keyingi o'rinlarda “Milan” (35 o'yin, 67 ochko), “Yuventus” (35 o'yin, 65 ochko), “Komo” (35 o'yin, 62 ochko) va “Roma” (34 o'yin, 61 ochko) bormoqda.

Fikrlar