02 mar 16:01
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Afsonaviy Elena Isinbaeva Toshkentda FOTO
Engil atletikaning langarcho'p bilan sakrash yo'nalishi bo'yicha 2 karra Olimpiada chempioni, 3 karra jahon chempioni Elena Isinbaeva Toshkentga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
			Afsonaviy sportchini kutib olish marosimida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi mutasaddilari va ko'plab sportga ixtisoslashgan OAV ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, Elena Isinbaeva tashrifi davomida “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasining tantanali taqdirlash marosimida ham qatnashadi. SHuningdek, 4 mart kuni 11:00 da MOQda sportchi bilan matbuot anjumani tashkil qilish rejalashtirilgan.




            Havola            :         
             
			
Fikrlar