15 may 15:05
Yangiliklar
Afsonaviy Garri Kasparov Sindarovni yana bir afsonaga qiyosladi
"Kiprda Sindarov yaxshi va tezkor o'yinning ajoyib uyg'unligini namoyish etdi. Bu vaqtni tejash va juda yuqori sifatli yurishlarni topish o'rtasidagi muvozanatdir. U g'alabaga mutlaqo haqli edi.
Agar o'xshatish qidiradigan bo'lsam, ehtimol Boris Spasskiyni aytgan bo'lardim. Juda ko'p qirrali uslub. Spasskiy o'tgan asrning 60-yillari o'rtalarida aynan shunday o'ynagan: tez, donalar uchun to'g'ri kataklarni intuitiv ravishda topa olardi. SHu bilan birga, Sindarovning o'yinida dinamika ham bor.
Agar Sindarov xuddi shunday energiya, bosim va aniqlik bilan o'ynashda davom etsa, uni buyuk kelajak kutmoqda", - dedi Garri Kasparov.
Malumot uchun, ikki yil avval vafot etgan Boris Spasskiy 10-jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar