09 apr 13:30
Yangiliklar
Afsonaviy Karpov davogar turniri favoritini aytdi
Dunyoning sakkiz nafar grossmeysterlari o'rtasida kechayotgan turnir g'olibi jahon toji sohibiga qarshi o'ynash huquqini qo'lga kiritadi. Rossiya shaxmat federaciyasining faxriy prezidenti, 12-jahon chempioni Anatoliy Karpov hamyurti Yan Nepomnyashiyni ushbu turnir g'olibligi uchun asosiy davogar deb atadi. Aynan Yan avvalgi davogarlar turniri g'olibi sifatida toj uchun kurashgandi.
"Turnir starti Yan uchun biroz omadsiz keldi. Lekin keyin u o'z o'yinini topib oldi. U uchun xursandman. Musobaqa tarkibi juda kuchli, kimnidir alohida ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana, hindistonlik shaxmatchilar kuchli. Kurash oxirgi turgacha davom etishiga shubham yo'q. SHunday bo'lsa-da, Nepomnyashiyning imkoniyatlarini biroz yuqoriroq baholayapman", — deya Karpovning so'zlarini keltirmoqda "RIA Novosti Sport".
Malumot uchun, davogarlar turniri 22 aprelga qadar davom etadi. Uning g'olibi amaldagi jahon chempioni, xitoylik Din Lijenga qarshi toj uchun o'ynash huquqini qo'lga kiritadi.
Fikrlar