27 jan 10:53
Yangiliklar
Afsonaviy SHumaxerning hozirgi ahvoli haqida malumot berildi
CHang'ida uchish paytida olgan og'ir jarohatidan so'ng SHumaxer 12 yildan ortiq vaqt davomida jamoatchilik oldida ko'rinmagan edi. "Daily Mail"ning xabar berishicha, Mixael endi to'shakka bog'lanib qolmagan va tibbiy xodimlar yordamida nogironlik aravachasida uy ichida harakatlana oladi.
Malum qilinishicha, u 24 soat davomida shifokorlar nazorati ostida bo'lib, villada yashamoqda. SHu bilan birga, uning ahvoli haqidagi malumotlar yaqinlarining qaroriga ko'ra hali ham qatiy cheklangan.
Qayd etilishicha, Mixaelni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lgan kam sonli insonlardan biri – "Ferrari" sobiq rahbari Jan Todt hisoblanadi. U avvalroq muntazam ravishda SHumaxerning holidan xabar olayotgani, u bilan birga Formula-1 bosqichlarini tomosha qilayotganini aytgan edi.

Fikrlar