09 may 12:39
Yangiliklar
Xokkey

Afsus. "Humo" xokkey klubi yopilishi mumkin
Bu haqda insayder Stepan Voronkov o'zining Telegram kanalida malum qildi.
Voronkovning yozishicha, Toshkentning "Humo" xokkey klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli faoliyatini to'xtatish arafasida turibdi. Sport jurnalisti SHerzod Nurmatov taxminiga ko'ra, klub faqat O'zbekiston chempionatida ishtirok etishi mumkin, u erda mavsumda atigi 10 tacha o'yin o'tkaziladi. Jamoa rahbariyati moliyalashtirish bo'yicha asosiy homiydan malumot kutmoqda va eng muhimi, "Humo" aniq qaerda, qaysi ligada o'ynashi masalasi so'roq ostida. Hammasi iyun o'rtalarida malum bo'lishi kutilmoqda. Hozirda bir qator xokkeychilar "Humo" bilan xayrlashgan va allaqachon o'ziga yangi jamoa topib ulgurgan.
Havola :
Manba : t.me/uz_eksport
Fikrlar