02 avg 13:17
Yangiliklar
O'zbekiston xokkeyi yo'qolib ketish xavfi ostida: xokkeychilar va ota-onalar Prezidentga murojaat qildi
Bunga xokkey infratuzilmasining o'ta og'ir moliyaviy ahvolga tushib qolgani sabab bo'ldi.
Mazkur holat "Humo" xokkey klubi faoliyatining to'xtashi, mamlakatdagi yagona ixtisoslashgan muz arenasining yopilishi va milliy terma jamoalarning tarqatib yuborilishi xavfini yuzaga keltirmoqda.
Yuzaga kelgan asosiy muammolar:
Energiya tariflari: "Humo Arena"ni saqlash xarajatlarining keskin oshib ketgani inshoot faoliyatini to'xtatish xavfini tug'dirmoqda;
Bolalar sporti: "Humo" xokkey maktabining 200 nafar tarbiyalanuvchisi mashg'ulotlarsiz qolishi mumkin. Holbuki, ular yuqori natijalarga erishib, U12 yosh toifasidagi chempionatda g'olib bo'lishgan;
Terma jamoalar xavf ostida: O'z divizionlarida jahon chempioniga aylangan (IIHF 2025 va 2026) milliy terma jamoalar tayyorgarlik olib borish uchun zarur sharoitlardan mahrum bo'lishi mumkin.
Fikrlar