25 may 16:59
Yangiliklar
Xokkey
"Humo" O'zbekiston ochiq chempionati g'olibiga aylandi
Xokkey bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionatining ilk mavsumi nihoyasiga etdi.
"Qanotlilar" musobaqa finalida Qirg'iz Respublikasining "Uchur" jamoasini 5 ta o'yin natijasiga ko'ra 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Seriyaning yakuniy, beshinchi o'yinida "Humo" 7:3 hisobida zafar quchdi.
SHu tariqa, musobaqa g'olibligi "Humo"ga nasib etgan bo'lsa, Qirg'izistonning "Uchur" klubi ikkinchi, Samarqand viloyati sharafini himoya qiluvchi "SHerdor" esa uchinchi o'rinni egalladi.

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar