So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

20 iyu 21:12
Yangiliklar

Xokkey

"Agar "Humo"dan taklif bo'lsa, buni ko'rib chiqardim". Evgeniy Grigorenko O'zbekistondagi faoliyatini esladi

"Humo"ning sobiq xokkeychisi, ayni paytda VXLning "Dizel" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Evgeniy Grigorenko liga rasmiy saytiga intervyu berdi.

Ushbu intervyuning O'zbekistonga oid qismini etiboringizga havola qilamiz. 

- "Humo"ning muvaffaqiyatga, mashhurlikka erishishining sababi nima deb hisoblaysiz? 

- Bunda marketing va matbuot xizmatining hissasi katta. Yangi arena odamlarda qiziqish uyg'otgandi. Bu qandaydir noodatiy edi, odamlar kelishardi, bazilar esa butun mavsum davomida birga bo'lishdi. Keyin esa sport tomonlama natija rol o'ynadi. Qishga yaqin, arenaning pastki qismi to'lardi. Ishonchim komil, O'zbekistonda haligacha "Humo"ni eslashadi. U erdagi muhit juda ajoyib edi. 

- Agar Toshkent klubi VXLga qaytsa, u erda faoliyatingizni davom ettirarmidingiz?

- Taklif bo'lsa, yuz foiz buni ko'rib chiqardim. Agar o'sha tarkibning yarmi qaytsa ham, o'sha natijalar tasodif emasligini xokkey olamiga ko'rsatib qo'yardik. Pandemiya bo'lmaganida butun mavsum davomida o'ynash juda qiziq bo'lardi. Hozirda klub Qozog'iston chempionatida ishtirok etishini elon qildi. O'zbekiston xokkeyiga faqat muvaffaqiyatlar tilayman. 

- O'zbekiston va Belarusda yashab, mehnat qilgansiz. Bu tajriba dunyoni kengroq tushunishga yordam beradimi? Yoshlarga manzilni o'zgartirishni tavsiya qilgan bo'larmidingiz? 

- O'zbekistondagi hayot Rosiya va Belarusdan farq qiladi. Issiq mamlakat, u erda kurortdagidek yashaysiz. Faqat, Toshkentda dengiz etishmaydi. Menimcha kimlardir bunday sharoitda yashay olmagan bo'lardi - issiq, fikr faqat xokkeyda emas, u erda "relaks"da yurasiz. Bazida turmush o'rtog'im bilan birga u erga dam olgani borgimiz keladi - shaharni bilamiz, barcha bog'lar tanish. Belarus Rossiyadan katta farq qilmaydi. Odamlar rus tilida gapirishadi, til muammosi yo'q. 

Yoshlarga menimcha maslahat bermayman. Har kimning elkasida boshi bor, ko'pchilik katta ehtimol bilan o'z agentini eshitadi", - dedi Evgeniy Grigorenko.

Malumot uchun, Grigorenko ayni paytda "Dizel" sharafini himoya qilmoqda. U "Humo"da o'tkazgan mavsumida jamoaning eng yaxshi bombardiri bo'lgandi. 


Intervyuning to'liq qismini USHBU SAHIFAda o'qishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing