07 avg 19:15
Yangiliklar
Xokkey
Yaxshi xabar: Prezident vakili bilan O'zbekiston xokkey federaciyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Sport vazirligida O'zbekiston xokkey federaciyasini rivojlantirish hamda sohaning bugungi holatiga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Xokkey federaciyasi vitse-prezidenti Bahodir G'ofurov ishtirok etdi.
Taqdimot davomida mamlakatimizda xokkey sport turini yanada ommalashtirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, hududlarda selekciya tizimini takomillashtirish, trener va hakamlar salohiyatini oshirish, shuningdek, terma jamoalarning xalqaro maydondagi natijalarini yanada yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo'nalishlar muhokama qilindi.










Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar