So’nggi yangiliklar

11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0

29 apr 07:22
Yangiliklar

SHaxmat

"Agar Javohir jahon chempioni bo'lsa, men u bilan shaxsan gaplashib qo'yaman"

Javohir Sindarovning yorqin o'yini ko'pchilikni uni Garri Kasparov, Mixail Tal kabi klassiklar bilan solishtirishga undadi.

Ammo uning o'zi intervyularda boshqacha yondashuvni tan oladi: u klassiklarning partiyalarini chuqur o'rganmagan, kitob o'qishni ham unchalik yoqtirmaydi. Bu esa bugungi shaxmat tayyorgarligi qanchalik o'zgarganini ko'rsatadi.

Xalqaro shaxmat federaciyasi bosh direktori Emil Sutovskiyning aytishicha, bugungi kunda bunday yondashuv noodatiy emas:

"Hozir boshqa davr, imkoniyatlar ham boshqa. Nakamura ham 20 yil oldin Smislov partiyalarini bilmasligini aytgandi. Aslida, o'tmish gigantlari partiyalarida “sirli bilim” yo'q. Bu shunchaki yaxshi tizimlashtirilgan tajriba.

Buyuk shaxmatchilarning partiyalar to'plami o'rganish uchun qulay material, xolos. Masalan, men hozir ham 2400 gacha bo'lgan o'yinchilarga Rubinshteyn partiyalarini tavsiya qilaman. CHunki u strategik fikrlashni juda aniq ko'rsatadi. Lekin bu yagona yo'l emas.

SHaxmatni faqat kitob orqali o'rganish davri allaqachon o'tgan. Bu o'zgarishlar ham kecha boshlangan emas.

Bugun deyarli hech kim Botvinnik kabi tayyorgarlik qilmaydi. Yani, hech kim partiyaga 20 daqiqa piyoda yurib kelmaydi, deyarli hech kim o'yin tugashi bilanoq tahlil qilishdan qochmaydi, kam odam gimnastika bilan shug'ullanadi.

Kompyuterlar paydo bo'lgach, o'tmish buyuk shaxmatchilarining partiyalaridagi ko'plab xatolar ochildi va ularga bo'lgan “mutlaq hurmat” kamaydi. SHu bilan birga, yiliga yuzlab oflayn va minglab onlayn partiyalar o'ynash imkoniyati paydo bo'ldi. Bu esa sxemalarni o'yin orqali o'zlashtirishga olib keldi.

Bularning barchasi rost, ammo masalaning ikki muhim tomoni bor.

Birinchidan, faqat juda katta istedod egalarigina bu tarqoq bilimlarni tizimlashtira oladi. Qolganlar uchun esa “ko'p o'ynasang rivojlanasan” degan maslahat ishlamaydi. Buning uchun Sindarov, Firuzja yoki Nakamura darajasida bo'lish kerak. Va hatto ular ham murabbiylar bilan ishlaydi.

Ikkinchidan, shaxmat madaniyatini saqlab qolish juda muhim. Agar amaliy foyda bermaydigan hamma narsa olib tashlansa, shaxmat o'z qadriyatini yo'qotib,oddiy o'yin darajasida qolib ketadi.

Bunday ko'ngilochar o'yinchilarga esa tomosha uchun pul beriladi. Ularni prezidentlar kutib olmaydi, davlatlar ularga mablag' ajratmaydi. U erda obro' muhim emas, faqat ko'rishlar soni muhim. SHaxmat esa boshqacha. U murakkab, uni tomosha qilish oson emas, shuning uchun biz boshqa o'yinlar bilan to'g'ridan-to'g'ri raqobat qila olmaymiz.

Albatta, bu Sindarovning vazifasi emas. SHaxmatchining vazifasi yaxshi o'ynash. Va u buni juda yaxshi qilyapti. 

SHunga qaramay, top o'yinchilar shaxmatning nufuzi haqida ham o'ylashi kerak.

Masalan, Praggning “biz ham oddiy odamlarmiz, shunchaki yaxshiroq o'ynaymiz” degan gapi yoqimli eshitiladi. Lekin bu hamma uchun to'g'ri emas va strategik jihatdan shaxmatga zararli bo'lishi mumkin.

SHu bilan birga, yoshlarni tanqid qilish ham noto'g'ri. Biz bu "20 yoshlilar"dan ortiqcha narsa kutib yuboryapmiz. SHu tufayli, ular allaqachon juda katta ish qilyotganini, yani oldingi avlodga qaraganda deyarli ikki karra ko'proq vaqtini shaxmatga sarflayotganini etibordan chetda qoldiryapmiz. 

Lekin agar Javohir jahon chempioni bo'lsa, men u bilan albatta shaxsan gaplashib qo'yaman”.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing