12 jan 17:01
Yangiliklar
Agar shu ketishda davom etsa, men ham shaxmat federaciyamni o'zgartiraman. O'zbekiston tarixidagi eng yosh grossmeyster Javohir Sindorov tushunarsiz taqiqlar va federaciyaning etiborsizligi haqida (video)
Javohir Sindorov — bu ism-sharifni juda ko'pchilik eshitgan bo'lishi mumkin. Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunlik vaqtida uchinchi grossmeysterlik talabini bajarib, 2018 yilda dunyo shaxmati tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangandi.
Javohir Sindorov «Daryo» muxbiri bilan suhbatda mamlakat shaxmat federaciyasining etiborsizligi, faoliyatini erta yakunlagan shaxmatchilar va federaciyani almashtirish masalasi haqida so'z yuritdi.
Besh yoshimdan buyon shaxmat bilan shug'ullanaman. Uch nafar ukamdan ikkisi ham shaxmat bilan shug'ullangan. Oilamda professional shaxmatchilar bo'lmagan, bu sport turiga meni bobom olib kirgan, otam esa meni har doim qo'llab-quvvatlagan.
2018 yilda shaxmat tarixidagi eng yosh ikkinchi grossmeysterga aylanganman. Albatta, bu natijaga erishish yo'lida mashaqqatli mehnat qilganman, juda qiyin bo'lgan. Unvonni qo'lga kiritganimdan keyin meni O'zbekistonda juda yaxshi kutib olishgan. Kech bo'lishiga qaramay barcha yaqinlarim, ustozlarim, televidenie xodimlari va muxlislar aeroportga chiqqan. O'sha vaqtda menga Prezident tomonidan uch xonali uy kaliti topshirilgan.
CHet el musobaqalariga o'zining yonidan xarajat qilishi va federaciyaning etiborsizligi haqida
Professional shaxmatchi yiliga kamida 9 yoki 10 ta xalqaro musobaqada ishtirok etishi kerak bo'ladi. Buning bir yoki ikkitasi O'zbekistonda bo'lishi mumkin, qolgan barcha musobaqalar chet elda bo'lib o'tadi. Grossmeysterlik unvonini qo'lga kiritish uchun yiliga 9-10 ta chet el musobaqalarida qatnashishga to'g'ri kelgan. Bunga ketadigan xarajatning barchasi oilam tomonidan qoplangan. O'zbekiston shaxmat federaciyasi tomonidan menga hech qanday moddiy yordam berilmagan.
Rekordni yangilaganimdan keyin ham shaxmat federaciyasi tomonidan hech qanday etibor bo'lmadi. Ular faqatgina federaciya rasmiy saytida meni tabriklash bilan cheklandi.
Tushunarsiz sabablarga ko'ra Prezident sovg'asi — avtomobildan quruq qolgani haqida
Grossmeysterlik unvonini qo'lga kiritganimda bir oy o'tar-o'tmas olti kishidan iborat O'zbekiston shaxmat terma jamoasi bilan 16 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi butunjahon shaxmat Olimpiadaga bordik. U erda kuchli raqiblardan ustun kelgan holda, O'zbekiston tarixida birinchi marta Olimpiada chempionligini qo'lga kiritdik. Bizni Toshkentda tantanali ravishda kutib olishdi. Keyinroq qatnashchilarga Prezident sovg'asi — avtomobillar topshirildi. Lekin men va jamoadoshim Sitora Saparova hatto taqdirlash marosimiga chaqirilmadik ham, qolgan qatnashchilarning barchasiga avtomobil sovg'a qilindi. Federaciya nima uchun biz ikkimiz marosimga chaqirilmaganimizni izohsiz qoldirdi.
Taqiqlar, taqiqlar...
2019 yilda Yoshlar Ittifoqi ko'magida Sindorov Javohir Kubogi musobaqasini tashkil qildik. Unda qo'shni mamlakatlardan ham yosh shaxmatchilar kelib ishtirok etdi. Lekin negadir, ayrim tengdoshlarim bu musobaqada qatnasha olmadi. Keyinchalik surishtirsak, shaxmat federaciyasi tomonidan og'zaki taqiq qo'yilgan ekan.
Federaciyani almashtirish borasida
Albatta, chet el federaciyalaridan qator takliflar kelgan. Biroq men O'zbekiston o'g'loni sifatida o'z yurtimni himoya qilgim keladi. Agar shaxmat federaciya tomonidan bunday to'sqinliklar bo'laversa, u holda Gulruhbegim Tohirjonova singari federaciyamni almashtirishimga to'g'ri keladi. Ammo men buni xohlamayman. SHunchaki bizga ham ozgina etibor berilishini istaymiz.
Misol uchun Hindiston federaciyasi oddiygina Open musobaqasiga 70 nafar shaxmatchisini barcha xarajatlarni qoplagan holda yubordi. Bu erda esa tug'ishgan ukam Islombek Sindorov olti karra Osiyo chempioni, ikki karra Jahon chempioni bo'lishiga qaramay mana shu etiborsizlik sabab faoliyatini muddatidan avval yakunladi.
Boshqa federaciyalarda yiliga yuzlab musobaqalar tashkil etiladi, O'zbekistonda esa — bitta xalqaro musobaqa. Biz o'z darajamizni saqlab turishimiz uchun ko'plab musobaqalarda qatnashishimiz kerak, ularning ko'pi esa chet elda bo'ladi va xarajatlarni o'zimiz qoplashimiz kerak. SHu sabab men tanigan kuchli shaxmatchilar, grossmeysterlar Temur Gareev, Anton Filippov (Filippov federaciya etiborsizligi sabab Qozog'istonga ketgan), Temur Ko'ybakorov va boshqalar o'z federaciyasini almashtirishga majbur bo'lgan. So'nggi yillarda O'zbekistonda juda ko'plab yosh iqtidorlar o'sib kelmoqda. Agar ular ham etiborsiz qoldirilsa, xuddi ukalarim va boshqa ko'plab shaxmatchilar kabi faoliyatini erta yakunlashga majbur bo'ladi.
Javohir Sindorov, grossmeyster
Javohir Sindorov — 2005 yilning 8 dekabrida Toshkent shahrida tug'ilgan. Javohir uch karra O'zbekiston chempioni, olti karra Osiyo chempioni va besh karra Jahon chempioni. U 2018 yilda uchta grossmeysterlik shartlarini bajarib, jahon tarixidagi ikkinchi eng yosh (12 yosh 10 oylik 8 kunlik) shaxmatchiga aylangan. Keyinchalik Javohirning rekordini hindistonlik Gukesh Dommaraju (12 yosh 7 oylik 17 kunlik) yangiladi. Ayni damda Sindorov dunyo shaxmati tarixidagi uchinchi raqamli eng yosh xalqaro grossmeyster bo'lib turibdi.
Avvalroq o'zbekistonlik shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQSHning Missuri universiteti jamoasida dona surayotgani va endi xalqaro musobaqalarda AQSH nomidan qatnashishi malum bo'lgandi. Keyinchalik bloger Aziza Umarova shaxmatchilar oilasi va federaciya o'rtasidagi sovuq munosabat haqida maqola elon qildi. Bunga javoban federaciya raddiya bildirdi. Federaciya ushbu xabarlar fonida OAVda elon qilingan maqolalarni bir yoqlama deb baholagan. SHuningdek, terma jamoadan chiqib ketish fikri sportchining o'ziga tegishli ekani va bunda boshqalarni aybdor qilish mumkin emasligi takidlangan. Keyinroq opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo'minova va Xulkar Tohirjonova SHaxmat federaciyasining raddiyasiga munosabat bildirib, «SHaxmat federaciyasi ustimizdan mag'zava ag'dardi» degandi.
Fikrlar