So’nggi yangiliklar

12:54Роуз Намаюнаснинг навбатдаги рақиби эълон қилинди 0 12:31Роналду «Реал»ни тарк этишини эълон қилган Начога мурожаат қилди 0 12:10Мутлақ чемпион Александр Усик камарларининг биридан воз кечди 0 11:48Новак Жокович Сербия терма жамоасини қўллаб-қувватлаш учун Лондондан Мюнхенга борди 0 11:26Нурсултон Рўзибоев: «Кейинги жанг сентябрда» 0 11:05Суперлига. Бугун Андижонда "оловли" ўйин бор 0 10:44Арман Царукяннинг менежери 9 ойлик четлатишга муносабат билдирди 0 10:23Чемпион Илия Топуриянинг кейинги жанги ҳақида маълумот берилди 0 10:02Возняцки Элина Свитолинани мусобақадан чиқариб юборди 0 09:41Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" бўлди? 0 09:20VI БРИКС ўйинларида 114 та медаль қўлга киритган ҳамюртларимиз тантанали кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:59Гусков учун ўч олмоқчи бўлган Жонни Уокер мағлубиятига изоҳ берди 0 08:38Rothesay International. Эмма Радукану ғалаба билан бошлади 0 08:17Копа Америка. Аргентина сўнгги дақиқаларда ғалабани "илиб кетди" 0 07:56Арман Царукян йил охиригача дисквалификация қилинди 0

02 avg 16:24
Yangiliklar

Futbol

AGMK futzal klubi Osiyo chempionatiga ketishdan oldin matbuot anjumani tashkil etdi (batafsil)

Teglar :  FutzalAGMK
Xabaringiz bor, 7-17 avgust kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasida Osiyo chempionati tashkil etiladi.

Mazkur chempionatda yurtimiz sharafini Olmaliqning AGMK futzal klubi himoya qiladi. Bugun ushbu chempionat oldidan klub azolari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Olmaliq kon metallurgiya kombinati boshqaruv raisi o'rinbosari Ulug'bek Fayazov, AGMK klubi bosh direktori Muxtor Qurbonov, futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov, jamoa sardori Rustam Umarov, klub futbolchilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 


Ulug'bek Fayazov: -Bugungi yig'ilishimizning asosiy sababi - futzalchilarimizdir. Aleksandr Petrov boshchiligidagi jamoamizning erishgan yutuqlarini alohida qayd etib o'tishimiz lozim. Ular Tailanddagi musobaqada ishtirok etish uchun klubning 14 nafar azosi bilan yo'l olishmoqda. Fursatdan foydalanib, oldinda turgan musobaqada futzalchilarimizga omad tilayman. Erishgan yutug'ingiz uchun rahmat, kelajakda oldingizga qo'yilgan vazifalarni bajarishda ham omad tilayman. SHu o'rinda, jamoa murabbiyi Aleksandr Petrovga ham minnatdorchilik bildirib o'taman. 

Jamoamiz bir necha yil davomida mamlakatimizdagi musobaqalarda yuqori o'rinlarda yuribdi. Qayd etilayotgan natijalar bizni juda xursand qilmoqda. Umid qilamanki, kelajakda ham biz sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boramiz. 

Aleksandr Petrov: -Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga yo'l olmoqdamiz. Musobaqa deyarli 10 yildan buyon o'tkaziladi. Bu jiddiy musobaqa, u erda kuchli raqiblar bor. Dastlabki bahsda o'tgan yilgi musobaqa finalchilari bo'lgan Vetnam klubiga qarshi o'ynaymiz. SHuningdek, Qatar va Iroqdan tashrif buyuradigan jamoalarga qarshi bahs olib boramiz. Imkon darajasida muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. 

Klub rahbariyati tayyorgarlik uchun etarlicha sharoit yaratib berdi. Tojikistonda yig'in o'tkazdik. U erda bir necha o'rtoqlik o'yinlarini olib bordik. SHuningdek, Toshkentda ham O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Jamoa asosining 80 foizini yoshlar tashkil qiladi. 

Muxtor Qurbonov: -Jamoamiz 4 yil ketma-ket mamlakat chempioni bo'lmoqda. Bu bizni juda xursand qilmoqda. Oldinda turgan musobaqada yigitlarimizga omad tilaymiz. 

Rustam Umarov: -Jamoa nomidan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Musobaqaga tayyorlanish uchun Tojikistonda yig'in olib bordik. Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inlari juda yaxshi o'tdi. Bu borada ish olib borganlarga rahmat aytaman. Biz musobaqada qatnashib, mamlakatimiz bayrog'ini yuqorilarga ko'tarmoqchimiz. 


SHundan so'ng OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

Tolibjon Qosimov (championat.asia sayti muhbiri): -Mazkur musobaqada 2 nafar legioner limiti bor. Raqiblarimiz odatda ushbu limitdan foydalanishadi. AGMK nima uchundir so'nggi mavsumlarda guruhdan chiqa olmayapti. Nima uchun jamoa legioner olib kelish variantini ko'rib chiqmayapti? 


Ulug'bek Fayazov: -Bizning siyosatimiz asosan o'z futbolchilarni tarbiyalab, o'sha saviyaga chiqarishdir. To'g'ri, legionersiz jamoani yuqori o'rinlarda ushlab turish qiyin. Ammo, biz legionerga ajratiladigan mablag'ni o'z futbolchilarimizga yo'naltirmoqchimiz. Umuman olganda, braziliyadan ham bu bo'yicha nomzodlarni ko'rib chiqdik. Ayni paytda bu borada ish olib borilmoqda. Agar vaqti kelib, bu bo'yicha juda katta zaruriyat tug'ilsa, ushbu masalani batafsil ko'rib chiqamiz. 

Aleksandr Petrov: -Bu juda katta foyda bo'lgan bo'lardi. Ammo, ular juda katta pul so'rashadi. SHuningdek, qisqa muddatli shartnomalarga rozi bo'lishmaydi. Ular istayotgan maosh klub byudjetining yarmiga teng. 



Tolibjon Qosimov (championat.asia sayti muhbiri): -Vetnam va Iroq klublaridagi futbolchilar MTJ azolari hisoblanadi. Jamoamiz tarkibi esa asosan yosh futbolchilardan tashkil topgan. Siz nimaning hisobiga kuchli raqiblarni mag'lub etmoqchisiz?

Aleksandr Petrov: -Biz Tojikistondagi yig'inda ham o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik. Ular qatorida o'z terma jamoalarining futbolchilari bor edi. Yigitlarimiz o'sha o'yinlarda juda yaxshi harakat qilishdi va g'alaba qozonishdi. 

Ulug'bek Fayazov: -Biz jamoani uch haftaga Tailandga jo'natayapmiz. CHunki, futbolchilarimizning finalga qadar etib borishlariga ishonamiz. SHu sababli, jangovar kayfiyatda maydonga tushing. Omad tilaymiz. 


Zuhriddin Qilichev ("Sport TV" muhbiri): -Rag'batlantirish uchun futzalchilarga nima vada qilindi?

Ulug'bek Fayazov: -Ichki nizomimiz bo'yicha belgilangan summalar bor. Sovrinli o'rinlar egallaganda beriladigan pullar miqdori malum. Buni futbolchilarimiz juda yaxshi bilishadi. 


Tolibjon Qosimov (championat.asia sayti muhbiri): -Rustam Umarovga savol: Siz ushbu musobaqadagi yorqin o'yinlaringiz orqali dunyoning eng yaxshi 10 nafar darvozaboni safiga kirgansiz. Siz yana o'sha davrdagidek o'yin ko'rsata olasizmi?

-Ha, 2012 yil edi. Bunga juda ko'p vaqt bo'ldi. O'shanda "Ardus" bilan kumush medalini qo'lga kiritgandik. Biz yosh va kuchli edik. Tarkib ham ajoyib edi. Bu yil ham musobaqaga yaxshi tarkib bilan ketyapmiz. Siz Braziliya, Eronda legionerlarni nazarda tutib savol berdingiz. Bizda o'zimizning "braziliyaliklar" etarli. Biz o'zimizga ishonyapmiz. 

SHu tariqa, AGMK futzal klubi ishtirokidagi matbuot anjumani yakunlandi. 

Aziz To'xtamurodov yozib oldi

FOTO: Tolibjon Qosimov


Tadbir nihoyasida jamoa azolari esdalik uchun suratga tushishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing