06 avg 07:19
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/79454_220.jpg)
AGMK transfer oynasining so'nggi daqiqalarida "Paxtakor" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Bugun, 6 avgust kuni rasman O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan yozgi transfer oynasi yopildi.
AGMK dedlaynning so'nggi lahzalarida "Paxtakor" yarim himoyachisi Jasurbek Yaxshiboev bilan shartnoma imzoladi. U ijara asosida olmaliqliklar safida harakat qiladi.
Yaxshiboev O'zbekiston U-20 hamda Olimpiya terma jamoalarida ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. U o'tgan yili Xitoyda o'tkazilgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar