10 mar 15:58
Yangiliklar
Futbol

Aguero "Barselona"dan ko'tarma puli talab qilmoqda
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero "Barselona" bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Ko'k-anorranglilar" yangi prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubiga argentinalik futbolchini olib kelmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi "Barselona"dan transfer uchun pul so'ramoqda. Futbolchi bu talab adolatli deb hisoblaydi, sabab u kataloniyaliklarga tekinga tushishi mumkin. Aguero mavsum so'nggida erkin agentga aylanadi.
32 yoshli forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : Mundo Deportivo
Fikrlar