26 fev 15:33
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" afsonasi Husanovning darajasini yuqori baholadi
"Manchester Siti" sobiq o'yinchisi Serxio Aguero himoyachi Abduqodir Xusanovning joriy mavsumdagi o'yinlariga yuqori baho berdi.
"Bu mavsum u juda yaxshi o'yinlar o'tkazdi. Moslashuv jarayonidan o'tdi — endi esa natijalarini ko'ryapmiz.
U kuchli, juda tez va yakkakurashlarda tez-tez g'olib bo'ladi. Husanov atigi 21 yoshda. Demak, "Siti"da navbatdagi yillar uchun ajoyib himoyachi bor", – dedi Aguero.

21 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 23 o'yin o'tkazdi.
Havola :
Manba : City Xtra
Fikrlar