So’nggi yangiliklar

19:08Зиёвиддин Ходжиниязов – Халқаро Кураш ассоциациясининг биринчи вице-президенти этиб сайланди 0 18:47Шимолий македониялик мураббий Тожикистон МТЖга тайинланди 0 18:26Dushanbe Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0 18:05U-18 хоккей терма жамоамиз Осиё Кубогидаги учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 17:41Тошкентда от йўрттириш бўйича халқаро турнирлар ўтказилди 0 17:20ФИФА президентлик сайлови 2027 йил Марокашда бўлиб ўтади 0 16:58Расман! Баҳодир Жалоловнинг Англиядаги жанги тасдиқланди (Постер+Кард) 0 16:37Жейк Пол Илия Топурияга ўз хизматини таклиф қилди 0 16:16Жавоҳир ва Гукешнинг Жаҳон тожи учун матчдан олдин қайси турнирда ўзаро ўйнаши маълум 0 15:55Мудрик допинг туфайли 4 йилга дисквалификация қилинди 0 15:34Ислам Махачев: "Рақиб аниқ, лекин шартнома йўқ!" 0 15:13Шон Стрикленд: "Чимаев – заиф одам. Мен ундан яхшироқман" 0 14:52Mangu 2 турнирининг бонуслари кимларга насиб этгани маълум 0 14:31"Интер" "Тоттенхэм"нинг асосий футболчиси билан келишувга эришди — La Gazzetta dello Sport 0 14:10Ҳамюртимизни мағлуб этган қирғизистонлик Octagon League собиқ чемпионининг UFC'даги илк рақиби маълум 0

12 mar 17:08
Yangiliklar

Boshqalar

Ahdi qatiy, shiddati baland g'uzorliklar

Teglar :  G'uzor
G'uzordan ko'p chempionlar chiqqan, sportsevar tuman aholisi o'zining iqtidorli o'g'il-qizlari, chempionlari bilan haqli ravishda faxrlanadi.

SHu bois, murabbiylar ham, sportchilar ham buni his etishadi. Muxlislarning har qanday musobaqada ulardan yuqori natijalar kutishi sport jamoatchiligiga qo'shimcha motivaciya berib turadi. G'uzor tuman olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati bu borada o'zining o'rniga, nufuziga, ananalariga ega bo'lgan talim maskani.

Tajribali sport mutaxassisi O'rol Abdurasulov rahbarlik qilayotgan mazkur maktab-internatda hozirda 220 nafar o'quvchi stol tennisi, dzyudo, milliy kurash, engil atletika, erkin kurash turlari sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Ulardan 21 nafari qizlar.

Quvonchlisi, yosh sportchilarning Respublika va xalqaro musobaqalardagi ishtiroki ko'lami, qo'lga kiritilayotgan medallar salmog'i yildan-yilga yaxshilanib borayotganidir. Masalan, talim muassasasi tarbiyalanuvchilari 2022 yilda respublika musobaqalarida bitta (bronza medali) medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2023 yilda bu ko'rsatkich 12 (bittadan oltin va kumush, 9 ta bronza) taga etdi. O'tgan yili esa mamlakat chempionati va kubogi bahslarida g'uzorlik sportchilar jami 42 ta medal sohibiga aylanishdi (5 ta oltin, 5 ta kumush va 32 ta bronza).

2024 yilning dekabr oyida Mo'g'uliston davlatida o'tgan milliy kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida Sevinch Toshpo'latova nufuzli musobaqaning kumush medaliga erishdi. Oliy toifali murabbiy G'ulom Jumaev biz bilan suhbatda Sevinchning endigina 17 yoshga kirgani, bu g'alaba uning ulkan-ulkan yutuqlarining debochasi ekanini takidlab o'tdi.

Kurash murabbiyi Dilshod Berdiev kurash sport turi G'uzorda keng ommalashganini, jahon chempionligini maqsad qilgan o'g'il-qizlar bu zaminda juda ko'p ekanini alohida etirof etdi.

— Mo'g'ulistondagi musobaqada biroz hayajon bo'ldi, - deydi Sevinchbonu biz bilan suhbatda. — CHunki mendek oddiy qishloq qiziga, yana qo'shadigan bo'lsam, maktab o'quvchisiga jahon chempionatida ishtirok etishning o'zi katta baxt. Ammo kurash —  bizning g'ururimiz, faxrimiz. SHu bois, hayajonni chetga surib, ustozlarim o'rgatgan usullarni raqibalarimga nisbatan qo'lladim, yutuqni o'zim tomonga og'dirdim. Ulan-Batorda kumush medal olganimda shu aziz Vatanimning bir bo'lagi ekanimni his qildim, O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarish-buyuk baxt ekanini qalban angladim. Nasib etsa, endigi marra — jahon chempionatining oltin medali!     

Darvoqe, g'uzorlik polvonlar sardori SHerali Jo'raev 2024 yil noyabr oyida kurash bo'yicha o'tgan kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida eng og'ir vaznli polvonlar orasida tengsiz, deb topilgan edi...

Yangi o'quv yilida maktab-internatiga 30 nafar iqtidorli yosh sportchi qabul qilindi. Dastlabki mashg'ulot va musobaqalardan ustozlarning ko'ngli to'lyapti.

— Sportchi qanchalik ko'p mashg'ulotda qatnashmasin, u musobaqada ishtirok etmasa, ko'zlangan natijaga erishib bo'lmaydi, - dedi engil atletika murabbiyi Maruf Bobosharipov. — SHuning uchun, dastlab sport maktabi miqyosida, so'ngra tuman  va viloyat musobaqalarida ularning tayyorgarligini sinovdan o'tkazib boramiz. Ayni paytda bir nafar sportchimiz O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy, uch nafari zaxira tarkibiga qabul qilindi. 

— Parij Olimpiadasi mamlakatimiz dzyudochilari uchun shonli g'alabalari bilan yodda qoldi, - dedi maktab-internati direktorining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Zafar Ibragimov. — Bu esa o'quvchilarning qiziqishi oshishiga hamda biz ustozlarning yanada o'z ustimizda ishlashimizga katta turtki bo'ldi. Ayni paytda uch nafar shogirdimiz respublika terma jamoasi tarkibida. Maqsadimiz — yildan-yilga ko'proq musobaqalarda qatnashib, chempionlar safini kengaytirish. Davlatimiz rahbari etiborini yaratilayotgan sharoitlar ham ko'rsatib turibdi. Yaxshi natija ko'rsatgan sportchimi u, murabbiymi, bunga munosib rag'bat olyapti. Demak, yuksak ishonchni oqlash, xalqimizni olamshumul yutuqlar bilan xursand qilish yo'lidan og'ishishga haqqimiz yo'q!

Biz kim bilan suhbat qurmaylik, ularning intilishi, harakatlari aniq maqsadga yo'nalganini ko'rdik. Fidoyi murabbiylar cho'l hudud hisoblangan G'uzor tumani yoshlarini dunyo arenalariga olib chiqishga astoydil bel bog'lashgan.  Bugun viloyat va tuman sektor rahbarlari, tuman hokimligi, umuman mutasaddi rahbarlarning ham jismoniy tarbiya va sportga beetibor emasligi, sportchilarga zarur sharoitlar yaratib berilayotgani bois, o'g'il-qizlar marrani baland olib, chempionlik sari intilishmoqda. Internatda har oyda sport turlaridan musobaqalar, ichki birinchiliklar o'tkaziladi. 

Ommaviylikda gap ko'p. Maktab-internati murabbiylarining mahallalarda bo'lib, yosh sportchilarni kuzatishi ananaga aylangan. Yaniki, selekciya ishlarining to'g'ri yo'lga qo'yilgani ham maktab yutuqlariga katta turtki bo'layotir. Xulosa so'zimiz shuki, g'uzorlik sportchilarning ahdi qatiy, shiddati baland. Demak, bugungi navqironlar, ertangi chempionlar oramizda!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing