So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

30 iyu 16:19
Yangiliklar

Eshkak eshish

Akademik eshkak eshish. Osiyo chempionati O'zbekiston sportchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi

Xabar berib o'tganimizdek, Janubiy Koreyaning CHungju shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati va kattalar o'rtasida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Kecha o'tkazilgan bahslarda hamyurtlarimiz 4ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallarini qo'lga kiritganliklari haqida xabar berib o'tgandik.

Musobaqaning bugungi kuni ham sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

O'smirlar musobaqasining JM4 yo'nalishida startga chiqqan o'zbekistonlik sportchilar (Evgeniy Agafonov, Davrjon Davronov, Toir Tolibov, SHuxrat SHodiev) marraga birinchi bo'lib etib borishdi va oltin medalni qo'lga kiritishdi. JM4x yo'nalishidagi bahslarda qatnashgan ekipajimiz (Jasur Turg'unov, Sultonali Abduvaliev, Dilmurod Ismatullaev, Azizbek Narzimurodov) bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Kattalar o'rtasidagi bellashuvlarning M8+ yo'nalishida ham oltin medal o'zbekistonlik sportchilar (Zafar Usmonov, SHohjahon Najmiev, Islambek Mambetnazarov, SHexroz Xakimov, Alisher Yarov, Anatoliy Krasnov, Otamurod Rahimov, Dostonjon Baxriev, Dostonjon Xursanov) ga nasib qildi. Yana bir oltin medal M4X bellashuvlarida terma jamoamiz (SHaxboz Abdujabborov, Abdullo Muxammadiev, O'ktamjon Davronov, Farrux Astanov) hisobiga yozildi. Etiborlisi, ushbu yo'nalishda kumush medal ham o'zbekistonlik sportchilar (SHaxboz Xolmurzaev, Bekzod Xolmirzaev, Abubakir Uzoqbaev, Jasur Mavlonov)ga nasib qildi. LM1x yo'nalishida qatnashgan Jasur Mavlonov ham terma jamoamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'ydi.

SHu tariqa, sportchilarimiz Osiyo chempionatida umumiy hisobda 7ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing