28 avg 09:43
Yangiliklar
Eshkak eshish
Tarixiy oltin medal: Akademik eshkak eshuvchilarimiz SHahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev jahon chempioni!
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor bo'ldi.
Engil vaznli sportchilar o'rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) SHahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev dueti oltin medal sohibiga aylandi. Bu o'zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida qo'lga kiritgan dastlabki oltin medali sifatida tarixda qoladi.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSH sportchilariga nasib etdi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar