So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

02 iyu 10:20
Yangiliklar

Eshkak eshish

Akademik eshkak eshish. Osiyo chempionati qahramonlari bayramona tarzda kutib olindi

Xabar berib o'tganimizdek, Janubiy Koreyaning CHungju shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati va kattalar o'rtasida Osiyo Kubogi musobaqasi nihoyasiga etdi.

Nufuzli musobaqada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilar umumiy hisobda 7ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medallarini qo'lga kiritishgandi.

Bugun musobaqada qatnashgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Eshkak eshuvchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston "Rowing and Canoeing" federaciyasi mutasaddilari, muxlislar, sportchilarning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.


"Janubiy Koreyada o'tkazilgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdik va yorug' yuz bilan yurtimizga qaytib keldik. Yaratib berilgan sharoitlar uchun muhtaram Prezidentimizga, shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorchilik bildiraman. Ushbu musobaqa Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajardi. Argentinada o'tkaziladigan nufuzli musobaqada ham muvaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilamiz", - dedi musobaqa g'olibi Evgeniy Agafonov.

"Osiyo chempionati biz uchun ajoyib o'tdi. Vatanimizga medallar shodasi bilan qaytganimizdan xursandmiz. Turnir davomida Gonkong, Hindiston vakillari bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatishdi. Ammo, biz bo'sh kelmadik va g'oliblikni qo'lga kiritdik. Endi Argentinada o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida ham fahrli birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchimiz", - dedi Osiyo chempioni Davrjon Davronov.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi va murabbiylarimizni tabriklab qoladi va yaqinlashib kelayotgan Osiyo o'yinlari, shuningdek o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ham bundan kam bo'lmagan muvaffaqiyatlarni kutadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing