28 may 13:45
Yangiliklar
Eshkak eshish
Akademik eshkak eshish. Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik qizg'in davom etmoqda
Akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rmoqdalar.
Terma jamoamiz azolari 14 maydan boshlab Toshkent viloyatidagi Toshkent dengizi eshkak eshish kanalida mashg'ulotlar olib borayaptilar. Bu erda sportchilarimizning talab darajasida mashg'ulotlar o'tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
O'quv-mashg'ulot yig'inida 22 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ularga tajribali murabbiylar Sergey Tyan, Tolib Isoboev, Dmitriy SHugurov, Vyacheslav Didrixlar mahorat sirlarini o'rgatmoqdalar.
Eshkak eshuvchilarimizning jismoniy va taktik tayyorgarligi belgilangan reja-jadval asosida muntazam ko'rikdan o'tkazib borilmoqda. O'quv-mashg'ulot yig'ini 6 iyungacha davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar