01 mar 14:42
Yangiliklar
Tennis

Akapulko. Donna Vekich yarim finalda!
Xorvatiyalik tennischi Donna Vekich Akapulkodagi turnirda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Dunyoning 28-raketkasi chorak final uchrashuvida britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda 22 yoshli Donna 6/3, 7/5 hisobida g'alaba qozondi.
Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob tenglashdi - 3:3. Endi Vekich Abierto Mexicano TELCEL turnirining yarim finalida xitoylik Yafan Vanga qarshi bahs olib boradi. Van 1/4 finalda braziliyalik Beatris Xaddad-Mayyadan 6/3, 6/4 hisobida ustun kelgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar